Farğonada ota özining taxminan 8–9 yoşli öğliga avtomobil şinasini boğlab, yugurişga majbur qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Kadrlarda ota bolani “monstr öğlim” deya, uni şina bilan jismoniy maşq bajarişga undayotgani körinadi.
Sahifadagi boşqa videolarda ham bolaga nisbatan jismoniy bosim holatlari aks etgan.
Ota farzandiga “maqsadlariga yetiş” haqida gapirgan, lekin qanaqa maqsadlar ekanini biror videoda tilga olmaydi.
Foydalanuvçilarning fikriça, ota farzandini sportda yuqori natijalarga yetkazişni, çempion qilişni maqsad qilgan bölişi mumkin, biroq körsatilgan maşqlar professional sport tayyorgarligi talablariga mos kelmaydi. Aksinça, bu bolaga nisbatan ortiqça jismoniy va ruhiy zöriqiş sifatida baholanişi mumkin.
Izohlarda foydalanuvçilar bola nosoğlom sport turiga majburlanayotgani va otaga nisbatan çora körilişini söragan. Jumladan, bir foydalanuvçi quyidagiça izoh qoldirgan:
“Mana şu ‘ota’ga munosabat kutib qolamiz. Farzandiga yetarli ‘pitaniya’siz va sport uçun zarur şaroitlarsiz jismoniy maşqlarga majburlayapti. Sahifasiga kirib körsangiz, bir qator şunga öxşaş videolar bor. U bola hozir ilm olişi kerak bölgan yoşda. Işonçim komil, farzand otasining majburlaşi bilan nosoğlom yuklamalar ostida maşq qilmoqda. Sizlardan iltimos, bu holatga huquqiy baho berib, çora körişingizni söraymiz”, deyiladi izohda.
Bolalar ombudsmani Kun.uz’ga holat yuzasidan öz munosabatini bildirib, bu normal holat emasligini ta’kidladi.
“Hozirgi kunda bolalarni ijtimoiy tarmoqlar orqali kontent yaratiş jarayoniga jalb qiliş amaliyoti kengayib bormoqda va bu global muammo sifatida baholanadi. Köp holatlarda ota-onalar farzandlarini ijtimoiy tarmoqlarda namoyiş etiş orqali auditoriya yiğiş yoki turli maqsadlarni közlaşga intilmoqda. Masalaning murakkab jihati şundaki, bu borada aniq huquqiy tartib va çeklovlar yetarliça belgilanmagan, natijada bolalar öz xavfsizligi va huquqlari nuqtai nazaridan yetarliça himoyalanmagan holda qolmoqda”, deyiladi ombudsman munosabatida.
Idora pozitsiyasiga köra, bolaning şaxsiy hayotini internetda ommaviy namoyiş qiliş uning manfaatlariga zid bölib, ota-onalar farzandlarining tobeligi va zaif holatidan foydalaniş orqali ularning şaxsiy daxlsizligiga putur yetkazişi mumkin.
Ayni paytda Bolalar ombudsmani sörovi asosida mutasaddi idoralar tomonidan uşbu holat böyiça otaning şaxsini aniqlaş va tegişli çora köriş yuzasidan işlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.












