AQŞning Florida ştatidagi tabiat qöriqxonalaridan birida yovvoyi ot alligator (Amerika va Şarqiy Osiyo timsohi)ga hujum qildi. Hodisa tasvirlangan video Facebook’da röy bergan holatga guvoh bölgan sayyoh ayol tomonidan taqdim etildi.

Kadrlarda maysazorda ötlab yurgan otlardan biri kutilmaganda alligatorning yoniga çopib kelib, unga tuyoqlari bilan zarba bera boşlaganini köriş mumkin.

Aftidan, turistlar otdan köra, alligatorning holatiga taşviş tortişdi. “Uni öz holiga qöy”, - deya aytgan guvohlardan biri jonivorga qarata.

Ayni damga qadar ijtimoiy tarmoqda rolikni 583 ming foydalanuvçi tomoşa qildi.