AQŞ harbiy qömondonligi Yaponiyaning Okinava orolidagi “Kadena” aviabazasida maşqlar ötkazdi. Bu Şimoliy Koreya tomonidan zarba berilsa, bunga tayyorgarlik maqsadida amalga oşirilgan, deb xabar bermoqda Kiodo agentligi.

Maşqlar 12-14 aprel kunlari ötkazilgan, biroq ular haqida ma'lumot endigina paydo böldi. Ularda Şimoliy Koreya tomonidan ehtimoliy hujum holatiga oid tayyorgarlik işlari olib borilgan. KXDR navbatdagi raketa sinovini 4 aprel kuni ötkazganidan söng, AQŞning Şimoliy Koreyaga ehtimoliy zarbasi haqida gap-sözlar köpaydi.

Yaponiya va Janubiy Koreyada AQŞ prezidenti Donald Trampning KXDRga ta'sir körsatiş böyiça barça variantlar körib çiqilayotgani haqidagi bayonotlari, şuningdek AQŞning “Karl Vinson” atom aviataşuvçisi boşçiligidagi zarba beriş aviaguruhining Koreya yarim oroliga yöl olgani taşviş uyğotmoqda.

AQŞ ittifoqçisi bölgan har ikki davlat ham Vaşingtonning Şimoliy Koreyaga nisbatan barça çoralarini qöllab-quvvatlaşi ehtimolga yaqin, biroq ular KXDR javob harakatini amalga oşiruvçi hududga aylanişi ham mumkin. Şimoliy Koreya uçun asosiy nişonlarga Yaponiya va Janubiy Koreyadagi Amerika bazalari aylanişi ehtimolga yaqin.