«Biz bor e'tiborni YeOIIdagi tösiqlarni yöqotişga qaratişimiz kerak», - deya ma'lum qildi Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengaşining kengaytirilgan yiğilişi vaqtida.
Uning sözlariga köra, Qirğiziston bu yil YeOIIda raislik qilib, taşkilot faoliyatini kelajakda özi qanday körişini taqdim etişi mumkin. Aynan şuning uçun Qirğiziston 2017 yilni Yevroosiyo hududida biznesni rivojlantiriş uçun şaroitlar yaratişga bağişlaşni taklif qildi.
«Iqtisodiyotga biznes, tadbirkorlar ta'sir körsatadi. Biz ijobiy şaroitlarni yaratiş va YeOII tört prinsipini amalga oşiriş böyiça işni davom ettirişimiz muhim: tovarlar, xizmatlar, moliya va mehnat resurslarining harakatlaniş erkinligi. Biz ittifoq içida mavjud bölgan tösiqlarni yöqotişga bor e'tiborni qaratişimiz darkor. Buning uçun davlat idoralari, YeOIK va biznes örtasidagi aloqalarni yanada kuçaytiriş kerak. Komissiya biznes taşabbuslari va takliflariga quloq tutişi kerak», - deya ta'kidlab ötdi Almazbek Atamboyev.












