Shvetsiyalik futbolchining 31 martda «Los-Anjyeles» darvozasiga kiritgan goli 1247 ta gol orasidan eng yaxshisi deb e'tirof etilgan. Bu uning MLS`dagi debyut o‘yini edi. 91-daqiqada kiritilgan ushbu g‘alaba golidan so‘ng hisob 4:3 ko‘rinishiga kelgan, bu golga Eshli Koul hammualliflik qilgan.
💥🌍 The goal heard 'round the world.
— LA Galaxy (@LAGalaxy) November 14, 2018
The 2018 @MLS Goal of the Year belongs to @Ibra_official. pic.twitter.com/OtgNjcCEF0
Kecha Ibrahimovich MLS`ga yangi kelgan futbolchilar ichida eng yaxshisi deb e'tirof etilgan, «Di Si Yunayted»dagi hamkasbi Ueyn Runi bilan yil ramziy terma jamoasiga kiritilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli futbolchi shu yilning mart oyida «Manchester Yunayted»dan hozirgi klubi safiga borib qo‘shilgan edi. Mavsum davomida u Kaliforniya klubining 27 o‘yinida qatnashib, o‘z hisobiga 22 ta gol va 6 ta samarali to‘p uzatishni yozib qo‘ydi. «Los-Anjyeles Gelaksi» pley-offga chiquvchi oltilik orasiga kira olmay, mavsumni 7-o‘rinda yakunladi.











