19 aprel kuni Tojikiston Milliy kutubxonasida Tojikiston-Özbekiston biznes forumi bölib ötadi. Uçraşuv 17 aprel kuni oçiluvçi Özbekiston sanoat mahsulotlari körgazma-yarmarkasi doirasida bölib ötadi, deb xabar bermoqda «AP».
«Uçraşuv ikki tomonlama özaro manfaatli savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy munosabatlarni rivojlantiriş, şeriklar topiş, qöşma korxonalar taşkil etiş, sarmoyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etiş, ikki tomonlama savdo aylanmasi hajmini oşirişga yönaltirilgan», - deya ta'kidlab ötgan naşr manbasi.
Özbekiston mahsulotlari birinçi körgazma-yarmarkasi esa Duşanbedagi «Poytaxt-90» savdo markazida 17-21 aprel kunlari bölib ötadi.
Özbekiston korxonalari Duşanbeda sanoat mahsulotlari, xususan maşinasozlik sohasi, yuqori sifatli avtomobil sanoati, kimyo sanoati, yengil, tekstil, elektrotexnika, parfyumeriya, farmatsevtika, mebel sanoati mahsulotlarini taqdim etadi. Hammasi bölib körgazma-yarmarkada 160dan ortiq özbek korxonalari öz mahsulotini namoyiş etadi.
2016 yilda Özbekiston va Tojikiston örtasidagi mahsulot ayirboşlaş qariyb olti baravarga oşib, deyarli 70 million dollarni taşkil etdi.











