Eron şimoli-ğarbida yuz bergan suv toşqinlarida qurbon bölganlar soni 35 nafarga yetdi. 8 kişi bedarak yöqolgan hisoblanmoqda. Mamlakat favqulodda holatlar böyiça taşkilot rahbari Ismoil Najjor ma'lum qilgan.
Avvalroq, Najjor 25 kişining halok bölgani haqida söz yuritgan edi. Uning sözlariga köra, suv toşqinlariga surunkali yomğirlar sabab bölgan. Eronning tört viloyati — Ğarbiy va Şarqiy Ozarboyjon, Kurdiston va Zanjon viloyatida 14 apreldan beri tinimsiz kuçli yomğir yoqqan.
"Jami 35 kişi hayotdan köz yumdi", — degan Najjor ISNA agentligi. Uning qayd etişiça, qutqaruvçilar bedarak yöqolganlarning jasadlarini topişgan.
Qurbonlarning aksariyati, agentlikka köra, Şarqiy Ozarboyjonga töğri keladi. Hukumat qidiruv-qutqaruv işlarini davom ettirmoqda.












