Sönggi yillarda Xitoy davlati kvant texnologiyalari işlab çiqiş va sohadagi tadqiqotlarga juda katta mablağ va zaxiralarini sarflamoqda. 2015 yilning özida şu maqsadga 100 mlrd dollardan ortiq mablağ kiritildi. Buning natijasida dunyodagi birinçi kvantli aloqa sun'iy yöldoşining fazoga uçirildi. Keyinçalik, kvantli radar paydo böldi. Endilikda, Xitoy Fanlar akademiyasi olimlari barça zamonaviy superkompyuterlarni ortda qoldiruvçi kvant kompyuteri ustida iş boşlab yuborişdi, deb yozmoqda China Daily naşri.

Xitoy Fanlar akademiyasi prezidenti Bay Çunlining izoh beriişiça, kvantli kompyuter Xitoyning «Tyanxe-2» superkompyuteri 100 yilda hal qiladigan masalani soniyaning 1/100 lahzasida hal qiladi. XXRning Lanfan şahrida bölib ötgan forumda sözga çiqqan Çunlining qayd etişiça, akademiya olimlari bu boradagi tadqiqotlarda katta yutuqlarga erişgani sababli amaliyotda qöllaşga qaror qilingan. 

Xitoy kvant kompyuterini işlab çiqiş Alibaba internet savdo kompaniyasiga tegişli Kvant hisoblaş laboratoriyasi kömagida amalga oşiriladi. Hozirça, bunday qurilma qaçon paydo bölişi ma'lum qilinmagan.