Siz öz işingizni oçişni qaçondan beri istab kelayotgan bölsangiz-u, biroq hanuzgaça boşlamagan bölsangiz, demak quyida tilga olinadigan iboralardan birini bahona sifatida işlatgansiz. Ular şunçaki bir bahona ekani va ulardan qanday qilib voz keçiş mumkinligi haqida hikoya qilamiz.
1. «Men oilamni boqişim kerak»

Ha, ilk davrlarida startaplarning aksariyati pul keltirmaydi. Biroq doimo pul işlaş uçun qöşimça iş topiş mumkin, masalan, maslahatçi yoki frilanserlik bilan. Iş joyiga sutkalab gumdon bölib ketib, öz bolalarining diydoriga töymaydigan ota-ona — yaxşi ota-ona emas.
2. «Tajribam kam»

Butun umr hali yoş ekanligingiz, tajribangiz kamligini aytib yurişingiz mumkin. Alaloqibatda nima bölişini bilasizmi? Tajribasizligingizça qolib ketaverasiz, biroq endi yoş bölmaysiz.
3. «Bozorda raqobat yuqori»

Bir qaraganda, bugun xuddi olma tuşsa startapning boşiga tuşadigandek köp körinadi. Biroq bu hol ularning ortiq kerak emasligini bildirmaydi, qaytaga imkoniyat möl-kölligidan dalolat beradi. Kimki muammolarni yeçib, olamga köpikka burkanmagan nazar bilan qarasa, albatta, mukofotlanadi.
4. «Şundoq ham boyman»

Boy böliş yetarli emasligini tuşuntiruvçi ikki sabab bor: birinçidan, faqat özingizga sarflanadigan pul lazzat keltirmaydi, ikkinçidan, startap — millionlarni köpaytiriş usuli. Axir Ilon Mask, «Ey, men şundoq ham boyman, tupurdim hammasiga», demaydi-ku?
5. «Menga erkinlik kerak»













