AQŞda bir hafta davom etgan qidiruvlardan keyin Oq uyga maktub jönatib, unda AQŞ prezidenti Donald Trampga tahdid qilgan qurollangan erkak qölga olindi. U Viskonsin ştatida yaşovçi 32 yoşli Jozef Yakubovski degan şaxs bölib çiqqan. Yakubovski, şuningdek, öqotar qurol sotiladigan dökonni ömarganlikda gumonlanmoqda.
Fox News telekanalining xabar berişiça, erkak Ridstaun yaqinida uşlangan. Politsiyaga xususiy mulk hududida payqalgan şubhali erkak haqida xabar berilgan.
Ta'kidlanişiça, Yakubovski qölga olinişi vaqtida qarşilik körsatmagan.
Avvalroq Trampga tahdid qilayotgan erkakni 150 nafar politsiyaçi qidirayotgani ma'lum qilingandi.












