Angliya premer-ligasining 33-turidan örin olgan yana bir uçraşuv bölib ötdi. Unda «Sauthempton» öz uyida «Mançester Siti»ni qabul qildi.
Uçraşuvning birinçi bölimida hisob oçilmadi. Ikkinçi bölimning 10-daqiqasida (55-daqiqa) Vensan Kompani David Silva tomonidan yetkazib berilgan töpni boşi bilan darvozaga aniq yöllab hisobni oçdi. 77-daqiqada «Siti» qarşi hujumda hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi. Kevin De Bryuynening pasidan keyin Leroy Sane farqni ikkitaga yetkazdi. 80-daqiqada yana öşa De Bryuynening pasidan keyin Serxio Aguero boşi bilan gol kiritib, yakuniy natijani örnatdi.
«Siti» uşbu ğalabadan keyin öz oçkolari sonini 64taga yetkazdi va «Liverpul»ni ortda qoldirib 3-öringa kötarilib oldi.
APL, 33-tur
Sauthempton – Mançester Siti 0:3 (0:0)
Gollar: Kompani (55), Sane (77), Aguero (80).
Sauthempton: Forster, Stivens, Bertran, Soareş, Yosida, Tadiç, Uord-Prouz (Long, 60; Rodriges, 82), Redmond, Devis, Gabbyadini (Bufal, 60), Xeyberg.
Mançester Siti: Bravo, Otamendi, Kompani, Klişi, Navas, Ture, Fernandino, Silva (Sabaleta, 81), de Bryuyne, Sane (Sterling, 86), Aguero (Ixeanaço, 89).
Ogohlantirişlar: Xeyberg (31), Devis (37), Soareş (41).












