Yer yuzida har kuni turli hodisalar va tabiiy ofatlar röy berişi bilan birga oddiy odamlar tomonidan ezgu amallar ham bajariladi. AdMe.ru ularning ba'zilari haqidagi ma'lumotlar bilan bölişdi.
Bu şifokorning fidoyiligi butun internetda hurmatga sazovor böldi

Juda murakkab 28 soatlik navbatçilik va 5 operatsiyadan keyin xitoylik jarroh Lo Xen holdan toydi, şuning uçun ham şifoxona dahlizining özidayoq uxlab qoldi. Bu suratlar tezlik bilan internetda tarqaldi, minglab odamlar şifokorning fidoyiligi va öz işiga sodiqligiga tahsinlar aytişdi.
Idiş yuvuvçi restoran rahbarlaridan biri etib tayinlandi

62 yoşli gambiyalik Ali Sonko 14 yil davomida Daniyadagi maşhur Noma restoranida idiş yuvuvçi bölib işladi. Yaqinda esa uni muassasaning rahbarlaridan biri etib tayinlaşdi. Restoran egalari Ali ularning biznesidagi uluşga loyiq ekani, çunki "restoranning yuragi va qalbi" ekanini ta'kidlaşdi, restoran jamoasi esa rahbariyatning qarorini töliq qöllab-quvvatladi.
Uşbu futbol jamoasida bir kişi hamma uçun, hamma bir kişi uçun

Braziliyalik futbolçi Everton Luis irqiy mojaro qurboniga aylandi: öyin vaqtida raqib fanatlari jör bölib haqoratomuz sözlarni aytişdi va şunday sözlar yozilgan bannerlarni kötarişdi. Futbolçi bunday bosimni kötara olmadi va közida yoş bilan maydonni tark etdi. Uning jamoadoşlari bunga befarq qarab turişmadi va ana şunday oğir daqiqalarda uni qöllab-quvvatlaşdi.
Noodatiy çegirmalar taqdim etuvçi restoran

Italiyadagi restoranlardan birining egasi Antonio Ferrari farzandlari xuşmuomala va tarbiyali bölgan oilalar uçun 5 foizlik çegirma joriy etdi. Uning sözlariga köra, 30 foiz ota-ona restoranda öz farzandlarining xatti-harakatlarini nazorat qila olmaydi, şu bois u yoqimli çegirmalarni öylab topgan.














