Dars paytida öqituvçi bolalarga okeanda çökib ketgan kema haqida sözlab berdi.
“Kemada er-xotin ham bor edi, halokat paytida ular qutqaruv qayiğiga yetib borişdi, lekin unda faqat bir kişigagina joy bor edi. Er kutilmaganda xotinini surib, qayiqqa çiqib oldi. Ayol suvga ğarq bölişi oldidan faqat bir oğiz söz ayta oldi...”.
Öqituvçi bir oz tin oldi va bolalarga savol berdi: “Kim aytadi, ayol eriga ölimi oldidan nima degan?”.
Deyarli barça öquvçilar ayol “Buni kutmagandim!” yoki “Sizni yomon köraman”, degan deb javob qaytarişdi. Öquvçilardan biri jimgina ötirardi. Öqituvçi unga ham şu savolni berdi. “Menimça, ayol bolamga yaxşi qarang, degan bölsa kerak”, dedi öquvçi. Öqituvçi hayron bölib söradi: “Bu hikoyani oldin eşitganmisan?”. “Yöq, eşitmaganman, lekin onam vafot etayotib dadamga xuddi şunday deganlar”. Öqituvçi köziga kelgan yoşni artib oldi va “Javobing töğri” dedi.
Hikoyaning davomi bor edi.
Halokatda jon saqlab qolgan er tez orada uyiga qaytdi. Uyda uni qizi kutardi. Erkak qizi katta bölguniça uni mehribonlik bilan parvariş qildi.
Oradan yillar ötdi. Otasi vafot etganidan söng qiz uning buyumlarini yiğiştirayotib, yon daftarça topib oldi. Unda şunday deb yozilgandi: “Öşa kemaga çiqişimizdan oldin biz şifokor huzurida bölgandik va u xotinimning tez orada oğir kasallikdan vafot etişini aytgandi. Xotinimning umri judayam oz qolgandi. Men okeanda xotinimning örniga çökib ketişga, uning uçun jonimni berişga tayyor edim, lekin xotinim tez orada olamdan ötgaç, qizimga kim qarardi? Birgina yöl xotinimni okeanda qoldiriş va özim tirik qolib, qizimga ğamxörlik qiliş edi”.
Butun sinf jimjit bölib qoldi.
Öqituvçi öquvçilarga yaxşilik niqobi ortida yovuz niyat, bir qaraşda dahşatli, inson nafratini keltiradigan harakat ortida esa yaxşilik turişi mumkinligini aytdi. Şu bois ham insonning qilgan işi, uning özi haqida ilk tasavvur bilan hukm çiqarib bölmaydi. Köpçilik uning bu harakati ortida nima turganidan mutlaqo bexabar böladi.
*

Bir erkak yigirma yoşlardagi öğli bilan vagonga kirdi va joylarini egallaşdi. Öğil vagon derazasi tomonga ötirdi. Poyezd qözğalişi bilan u qöli bilan işora qilib, “Dada, qarang, hamma daraxtlar orqaga yuryapti” dedi. Dadasi kulib qöydi.











