Özbekiston hukumati yuridik va jismoniy şaxslarni yalanğoç qizilmiya eksporti uçun tölovlardan ozod qildi. Vazirlar Mahkamasining 14 apreldagi 210-sonli «Yalanğoç qizilmiyani eksport qilişni yanada rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori bilan yalanğoç qizilmiya eksportyorlariga imtiyozlar berilgan.
Hujjatga köra, 2018 yilning 31 dekabrigaça yuridik va jismoniy şaxslar yalanğoç qizilmiyani xom aşyo körinişida Özbekistondan taşqariga olib çiqiş uçun tölovlardan (tonnasi uçun 225 AQŞ dollari) ozod etildi.
Norma xabarida izoh berilişiça, bu yovvoyi holda ösadigan ösimliklarni yetiştiriş va töplaş, ularni tayyorlaş va qayta işlaşni tizimli taşkil etişni yanada tartibga soliş, yalanğoç qizilmiyani xom aşyo körinişida eksportga yetkazib berişdan manfaatdor bölgan tadbirkorlik sub'yektlari uçun qulay şaroitlar yaratiş, şuningdek tadbirkorlik sub'yektlarining taşqi iqtisodiy faoliyatini yanada erkinlaştiriş maqsadida amalga oşirilgan.












