Ötmişda sil kasalligiga yöliqqan inson moliyaviy ahvoli va yoşiga qaramay, hayotdan köz yumardi. Bugun esa bu kasallik ötmişdagi kabi qörqinçli emas. Tibbiyot sohasida erişilayotgan barça yutuqlarga qaramay, uni sezmay qoliş mumkin, yöqotiş qiyin, unutişning esa iloji yöq. "Layfxaker" sil kasalligi haqidagi ma'lumotlar bilan bölişdi.

Sil - nima?

Sil kasalligi — bu havo-tomçi infeksiyasi. U köpinça öpkaga ziyon yetkazadi, lekin boşqa organlar: suyaklar, teri, içakka ham "hujum" qilişi mumkin. Kasallikning yuzaga kelişiga Mycobacterium tuberculosis bakteriyalari sababçidir. Ular muayyan sohalarda yalliğlanişni keltirib çiqaradi, natijada töqimalarda tugunlar va nekroz öçoqlari (ya'ni ölik töqimalar) hosil böladi. Ular tufayli organlar normal işlay olmaydi, organizm esa umumiy intoksikatsiya bilan javob qaytaradi.

Agar immunitet yoki dori-darmonlar kasallikni vaqtida töxtatmasa, inson hayotdan köz yumişi ham mumkin. Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga (JSST) köra, sil kasalligi butun dunyoda keng tarqalgan ölim sabablari önligiga kiradi.

Sil kasalligi qanday va qayerda yuqişi mumkin?

Infektsiyaning asosiy öçoği — bemor kişilar. Şunday bölsa-da, kasallikning jonivorlardan yuqiş ehtimoli ham mavjud.

Atrofda kasallar qança köp bölsa, infeksiyani yuqtiriş xavfi şunça yuqori böladi.

Yirik şaharlarda jamoat joylarida bunday bemorlarga töqnaş keliş heç gap emas.

Bemorlarning aksariyatida kasallikning yopiq şakli uçraydi, ya'ni bakteriyalar organizmni kemirib boradi, lekin atrof-muhitga ajralmaydi.

Silning oçiq şakli esa atrofdagilar uçun (bemorlarning özi uçun ham) juda xavfli hisoblanadi, şuning uçun uni şifoxonada davolaş zarur. Silning oçiq şaklidan aziyat çekuvçi kişilar bilan uzoq vaqt muloqotda böliş - katta xavf.

Sil kasalligiga duçor böliş xavfi yuqori bölgan joylar - odamlar yaxşi ovqatlanmay, gigiyenaga rioya qilmaydigan tor, sovuq, zax inşootlar. Bu - nafaqat qamoqxonalar, balki şaharlardagi köp qavatli uylarda ham şunday şaroitda yaşaydiganlar talaygina.

Atrofda bemorlar köp bölsa, kasallik yuqişi muqarrormi?