Toşkent şahrining Sergeli tumanida joylaşgan “MAKRO” savdo markazi yonida şlakoblok (ğiştsimon quriliş materiali) bilan töldirilgan “ZiL” yuk maşinasi töntarilib ketdi. Hodisa haqida Facebook ijtimoiy tarmoğidagi guruhlarda xabar qoldirilgan.

Şu bilan birga, ta'kidlanişiça, töntarilib ketgan yuk maşinasidagi şlakobloklar piyodalar ötiş yölagida töxtab turgan “Matiz” avtomobilini ustiga tuşgan. YTH oqibatida avtomobillar jiddiy zarar kördi, baxtli tasodif tufayli odamlardan heç kim jarohat olmadi.

Eslatib ötamiz, bundan bir neça kun muqaddam Sergeli tumanida yana bir jiddiy YTH yuz bergandi. “Isuzu” yönalişli avtobusi haydovçisi boşqaruvni yöqotib, yöl çetiga borib urilgan. Natijada 9 kişi jarohat olib, kasalxonaga yetkazilgandi.