Hukumat Qamchiq dovonida o‘ta og‘ir yukli mashinalar harakatlanishini taqiqladi
Shu yilning 1 iyulidan boshlab Qamchiq dovoni orqali bitta yetaklovchi o‘qqa 11,5 tonnadan ortiq yuk to‘g‘ri keladigan, o‘ta og‘ir yuklari ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarida yuk olib o‘tish taqiqlanadi. Bu haqda O‘zbekiston hukumatining 11 aprel kungi «A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.
Bu vazn talabi vakolatli organlarning maxsus ruxsati bilan harakatlanadigan yuk mashinalariga tatbiq etilmaydi (Qamchiq dovonida yo‘l-transport infratuzilmasi obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun jalb qilingan yuk mashinalari).
«Chinor» (Toshkent viloyati, Ohangaron tumani) va «Sherobod» (Namangan viloyati, Pop tumani) postlarida avtotransport vositalarining og‘irlik va gabarit o‘lchamlarini, shu jumladan, yetaklovchi o‘q yuklamalarini tekshirish bo‘yicha zamonaviy uskunalar o‘rnatiladi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, endilikda Angren-Pop orqali Farg‘ona vodiysiga yuklarni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yetkazib beradi.
Ushbu hujjat A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida avtomobillar harakati xavfsizligini ta'minlash hamda yo‘l holatini sifatli holda saqlab turishga qaratilgan. Shuningdek, bu dovonning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yaxshilashga imkon berishi mumkin.
O‘qqa tushadigan yuklama deb avtomobilga va yo‘l yuzasiga tushuvchi og‘irlikka aytiladi. Katta o‘q yuklamasiga ega bo‘lgan avtomobillar yo‘l yuzasini tezroq buzadi.
Qamchiq dovoni orqali katta yukli transportlar o‘tishi taqiqlanadi
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘istonda onasidan ajralgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston | 19:10
-
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08
-
"Aloqa Finance Development mikromoliya tashkiloti" o‘z faoliyatini boshladi
Jamiyat | 19:00
-
Deportatsiya qilinganlarga 2 yil davomida xorijga chiqish pasporti berilmaydi
O‘zbekiston | 18:53
Mavzuga oid

19:56 / 03.04.2025
Toshkentda 9 aprelga qadar yuk mashinalari harakati to‘liq cheklanadi

10:57 / 09.01.2025
Qamchiq dovonidagi zaxira yo‘lda qor uchgani chiqqan 2 kishi vafot etdi

16:47 / 10.11.2024
Qamchiq dovonida to‘xtatilgan mashinadan ko‘p miqdorda psixotrop dori vositalari topildi

14:57 / 05.11.2024