25 aprel kuni hisob böyiça törtinçi Usenet xalqaro Digital-konferensiyasi bölib ötadi. Tadbir yangilangan formatda ötkaziladi: tadbir doirasida ikkita parallel sessiya, davra suhbati va köplab qiziqarli faolliklar bölib ötişi kutilmoqda.

Konferentsiya dasturi bilan tadbir saytida tanişiş mumkin.

Bu yilgi asosiy mavzular — digital-iqtisodiyot, elektron tijorat, mobayl, zamonaviy reklama texnologiyalari, bozor mezonlari, marketing, matbuot, PR.

Konferentsiyada soha böyiça tadbirlarda doimiy ravişda nutq sözlab keladigan mutaxassislar iştirok etadi. Ular önlab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oşirgan.

Konferentsiyadagi muhim hodisa «2017—2021 yillarda keng polosali mobil internetni rivojlantiriş. 3Ğni kengaytiriş, 4Ğni joriy qiliş va 5Ğga ötiş: texnologiyalar, investitsiyalar, buyumlar interneti» mavzusidagi davra suhbati böladi. Uçraşuv iştirokçilari tarkibi Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi rahbariyati, mobil bozor kompaniyalari CeO va CTO’laridan iborat.

Konferentsiya taşkilotçisi — Ledokol Group agentligi. Tadbir Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantiriş markazi va UzInfocom markazi kömagida ötkazilmoqda.

Tadbirda qatnaşiş bepul. Faqat taklifnomalar bilan kiritiladi. Iştirok etiş uçun konferensiya saytida arizani töldiriş kerak. Konferentsiya 25 aprel kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida ötkaziladi.