10 aprel kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Içki işlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oşiriş, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişni ta'minlaşda ularning mas'uliyatini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilingandi.
Farmon içki işlar organlari tizimida tub islohotlarning yangi bosqiçini boşlab berişi, uning ijrosini ta'minlaş, qonun ustuvorligiga erişiş, huquqbuzarliklar profilaktikasini öz vaqtida amalga oşiriş, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta'minlaşga xizmat qilişi, pirovard natijada esa fuqarolar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş borasida içki işlar organlari butun tizimi va har bir xodim faoliyati samaradorligi oşişi közda tutilgan.
Farmon tizimda qator taşkiliy özgartişlar qilişni ham nazarda tutadi.
Farmonda qayd etilgan asosiy vazifalarni bajariş böyiça zarur taşkiliy va huquqiy mexanizmlarni amalga oşiriş maqsadida Içki işlar organlari tizimini tubdan isloh qiliş kompleks çora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.
Bu dasturga köra, xalqaro standartlar asosida, fuqarolar ongida içki işlar organlari haqida ijobiy imij şakllantiriş maqsadida militsiya xodimlarining maxsus liboslari, atributkalari va farqlovçi belgilarini qayta körib çiqiş közda tutilgan.
Bunday özgarişlarni joriy qiliş maqsadida Özbekiston prezidentining maxsus qarori işlab çiqiladi. Tegişli qaror loyihasi 2018 yilning 1 iyuliga qadar tayyor bölişi kutilmoqda.












