Sankt-Peterburg yaqinidagi Beloostrov posyolkasidan 2004 yilda öldirilgan «Fontanka» jurnalisti Maksim Maksimovning jasadi qoldiqlari topildi. Bu haqda RF Tergov qömitasi xabar berdi.

Dekabr oyi örtalarida Maksimovni IIV Korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi boşliğining sobiq örinbosari, iste’fodagi politsiya polkovniki Mixail Smirnov öldirganini tan olgan edi.

«Olingan ma’lumotlarni tekşiriş maqsadida tergovçilar Smirnovning körsatmasiga muvofiq, jasad kömilgani aytilgan joyda kerakli tadbirlarni amalga oşirdi. Bir neça sutka davomida jurnalist kömilgan joy qidirildi va natijada, uning qoldiqlari topildi», — deyiladi Tergov qömitasi xabarida.

Mixail Smirnov

Maksimov huquq-tartibot organlaridagi korrupsiyalarga oid jurnalistik suriştiruvlar muallifi bölgan. 2004 yil 29 iyun kuni u bedarak yöqolgan. Jurnalistning hamkasblari Maksimovning öldirilişida militsiya xodimlari, jumladan, «Fontanka» muallifi material tayyorlayotgan Smirnovni gumon qilişgan. 2005 yilda Smirnov va yana ikki nafar politsiyaçi dalillarni soxtalaştiriş işi böyiça qölga olingan. Sud hay’ati ularni oqlagan va xodimlari xizmatga qaytgan.

2024 yilning mayida Smirnov Sankt-Peterburgda bir neçta buyurtma qotilliklari va suiqasdlarga aloqadorlikda, jumladan, 1998 yilda kemasozlik zavodi direktorining maşinasini portlatişda ayblanib hibsga olingan.

Smirnovning sözlariga köra, u Maksimov IIV xodimi pora undirişga aloqadorligi haqida maqola yozayotganidan xabardor bölgan. Smirnov jurnalist bilan uçraşgan va uni özining aybsizligiga işontirmoqçi bölgan, ammo u işonmagan. Şundan keyin Smirnov militsiya mayori Lev Pyatov va yana ikki nafar şerigi bilan jurnalistga hujum qilgan. Maksimov kaltaklangan va böğib öldirilgan, uning jasadi esa xizmat maşinasida örmonga olib borib kömilgan.