17 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bölib ötdi. Uni Komissiya raisi Mirzo-Uluğbek Abdusalomov boşqardi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar bergan.
Majlisda A.Bobobekovning xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengaşi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi vakolati muddatidan ilgari tugatiş töğrisida qaror qabul qilindi.
Şuningdek, Komissiya a'zolari 50-Registon saylov okrugidan saylangan deputat Marhabo Ğafurova hamda 85-Çinoz saylov okrugidan saylangan deputat Odiljon Tojiyev boşqa işga ötganliklari munosabati bilan ularning parlament quyi palatasi deputatlari vakolatlarini muddatidan ilgari tugatiş töğrisida ham qaror qabul qilindi.
Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boşqa masalalar ham muhokama qilindi.
Ma'lumot uçun, Marhabo Ğofurova Samarqand viloyati hokimi örinbosari bölgan, Odiljon Tojiyev esa «Kamolot» YoIHga rais etib tayinlangan.











