1. Donişmandlarning aytişlariça, sir saqlanişi lozim bölgan birinçi narsa – uzoqni közlangan rejalar. Bu rejalar amalga oşmagunça ularni heç kimga aytmang. Bizning har bir ğoyamiz özimizga qarşi ham işlatilişi mumkin.

2. Donişmandlar sir saqlaşni tavsiya etgan ikkinçi narsa qilgan xayr-saxovatimiz haqida gapirmaslikdir. Saxovat noyob narsa bölib, uni köz qoraçiğidek asraş darkor. Qilgan yaxşi amalingiz bilan maqtanmang. Kibr xayrli amalingiz ortidan kelgan yaxşilikni tortib oladi.

3. Donişmandlar birovlarga oşkor qilmaslikni tavsiya etgan uçinçi narsa bu öz didingiz haqida gapirişdir. Duç kelgan kişiga qanday ovqatlarni yoqtirişingizu nimalarni yemasligingiz, qança uxlaşingiz haqida gapiravermang.  

4. Aytmaslik kerak bölgan törtinçi narsa bu mardlik, jasoratdir. Kimdir taşqi tomondan sinovlarga duçor böladi, kimdir esa içki tomondan. Taşqi sinovlarni hamma köradi va bu sinovlarni yenggan insonlar mukofot olişadi, lekin içki sinovlarni heç kim körmaydi va bu sinovlarga doş berganlarni mukofotlamaydi.  

5. Özgalarga aytmaslik lozim bölgan beşinçi narsa diniy bilimdir. Diniy bilim turli darajada bölib, bu borada mukammallikka erişgan insongina bu bilimini boşqalar bilan baham körişi mumkin. Endigina diniy bilimlarni egallay boşlaganlarning asosiy xatosi şundaki, ular darhol bu bilimlarini boşqalar bilan örtoqlaşgisi keladi va bu boşqalarga yaxşilik keltiriş örniga ularni adaştiradi va hattoki çöçitişi ham mumkin.

6. Boşqalar bilan örtoqlaşiş lozim bölmagan oltinçi narsa oilaviy nizolar va umuman, şaxsiy hayotdir. Yodda tuting: oilangizdagi muammolar haqida qançalik kam gapirsangiz, oilangiz şunçalik mustahkam böladi. 

7. Boşqalarga aytilmaydigan yettinçi narsa esa kimlardandir eşitilgan ğiybat va iğvolardir. Köçada yurganingizda poyabzalingiz iflos bölişi mumkin. Uyga kelib yoki birovning oldiga borib kimdandir eşitgan yomon sözlarni boşqa odamga aytiş xuddi uyga kelib, iflos poyabzalini yeçmagan odam kabidir.