Hozirda, «Kadillak», «Linkoln» va hatto «Hammer»lar negizida barpo qilingan limuzinlar bilan kişilarni hayron qoldiriş mumkin emas. Ammo, tasavvur qiling, Alfa Romeo yoki Skoda limuzinlari? Quyida turli avtokompaniyalar limuzinlarining suratlaridan bahra olişingiz mumkin.
Nissan Cedric Royal Limousine

Nissan kompaniyasining oliy toifali avtomobilini işlab çiqariş vazifasi Autech kompaniyasiga yuklatilgan edi. U Nissan Skyline GT-R sedanini işlab çiqqani bilan yaxşi taniş. Maşinaga Nissan Cedric – boşqaça aytganda Infiniti Q45 asos böldi. Dabdabali limuzin 1987-2002 yillarda işlab çiqildi.

Dastlab avtomobil imperator xonadoni uçun işlab çiqildi. Biroq, oliy rahbariyat uçun maşinalarni Toyota işlab çiqarar edi. Şu boisdan, Cedric Royal Limousine tez orada barça xohlovçilarga sotila boşlandi. Aniqroği: vazirlar, korporatsiyalar rahbarlari, yulduzlar uni xarid qila boşladi. Çeklangan sonda işlab çiqilgan limuzinga 4,5 litrli V8 motor joylangan.
Mitsubishi Dignity

Yaponiyaning yana bir kompaniyasi Mitsubishi ham Nissan va Toyota bilan raqobat qilişga urinib körgan. Ammo, kompaniya bu borada muvaffaqitga erişa olmadi. Birinçi avlod Dignity modeli 1999-2001 yillarda atigi 59 dona işlab çiqildi.

5,3 metrli sedangaa 4,5 litrli V8 motor örnatildi. U 280 ot kuçiga ega edi.
SsangYong Chairman Limousine

Bu avtomobil Janubiy Koreyaning SsangYong kompaniyasi tomonidan 2003-2008 yillarda işlab çiqilgan. Birinçi avlod Chairman 1997-2014 yillar mobaynida xaridorlarga yetkazib berildi.






























