Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Vetnam poytaxti aeroportiga ikkita prezidentlik avtomobili olib borilgan. Ta'kidlanishicha, Trampning «Yirtqich»lari barcha zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan, shuningdek, ularda kimyoviy hujumdan himoya sifatida kislorod balloni hamda qon quyish uchun uskunalar bor.

Bundan tashqari, Amerika yetakchisining tashrifi uchun vertolyot, texnik qo‘llab-quvvatlovga ikki mashina va AQSh rahbari samolyotiga yoqilg‘i quyish mashinasi tayyorlangan.

Hozirgi vaqtda KXDR rahbari Kim Chen In Vetnam poytaxti bo‘ylab nimada harakatlanishi ma'lum emas. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDRning AQSh bilan ikkinchi sammitdagi rejasi aytilgandi.