AQŞ prezidenti Donald Trampning Nyu-Yorkka taşrifi çoğida uning The Beast (Yirtqiç) deb ataluvçi «Kadillak»i namoyiş etildi.
Yangi maşina tayyor bölgani va AQŞ maxfiy xizmatiga berilgani haqida aprelda ma'lum qilingandi. Cadillac sobiq rahbari Yoxan de Nayssen Fox News agentligiga bergan intervyusida kompaniya şartnomaning barça şartlarini bajargani va avtomobilni mijozga topşirganini bildirgandi.
The Beast oğir pikap platformasi asosida qurilgan. Maşina yölovçilari öt öçiriş tizimi va kimyoviy va biologik quroldan himoyalovçi zirhlangan kapsula içida ötiradi. Bundan taşqari, limuzin tungi köriş tizimi, tutunli zambaraklar, eşik tutqiçlari orqali elektr zaryadi ötkazuvçi himoya tizimi bilan jihozlangan.
Avvalroq AQŞning Newsweek naşri Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “Kortej” loyihasidagi avtomobili va AQŞ prezidenti Donald Trampning Cadillac avtomobilini soliştirgandi.













