«Barselona» hujumçisi Lionel Messiga jamoa körsatayotgan öyin sifati yoqmayapti, deya xabar bermoqda Tribuna.Uz.
Manba bergan xabarga köra, argentinalik futbolçi bu haqda jamoadagi şerigi Luis Suaresga, Ispaniya çempionatining 32-turidan örin olgan «Real Sosedad»ga qarşi uçraşuvdan keyinoq ma'lum qilgan. Öşa uçraşuvda Messi dublga erişgan va bitta golli uzatma muallifi bölib, jamoasining 3:2 hisobidagi ğalabasini ta'minlagandi.
Hozirgi vaqtda «Barselona» Ispaniya çempionati turnir jadvalida 2-örinda bormoqda. Jamoa hisobida 72 oçko mavjud va ular «Real»dan bitta uçraşuv köp ötkazgan holda 3 oçko ortda qolmoqda. 33-turda «Barselona» aynan «Real»ga qarşi uçraşuvda maydonga tuşadi. Uçraşuv 23 aprel kuni bölib ötadi.












