Şimoliy Koreyaning BMTdagi doimiy vakili örinbosari Kim In Ryon AQŞ tufayli yadro uruşi istalgan lahzada boşlanişi mumkin, deb aytmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Kim In Ryonning aytişiça, AQŞ Koreya yarimorolida yadro uruşiga olib kelişi mumkin bölgan xavfli vaziyatni vujudga keltirdi. Uning aytişiça, bu tinçlik va barqarorlikka jiddiy xavf soladi.
"Şimoliy Koreya amerikaliklar istayotgan har qanday harbiy rejalarga javob berişga tayyor", deb aytdi diplomat.
Uning ta'kidlaşiça, Şimoliy Koreya öz rahbariyati lozim deb topgan istalgan vaqtda yadro sinovini ötkazişga tayyor.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Trampning matbuot kotibi prezident Şimoliy Koreyaga nisbatan amalga oşiradigan harakatlarini oşkor qilmasligini aytgandi.












