AQŞ prezidenti xorijliklarga işçi vizalarni beriş tartibiga özgartirişlar kirituvçi farmonni imzolaydi. «Amerika mahsulotini xarid qil, amerikaliklarni yolla» nomli hujjat davlat xaridlari va boşqa mamlakatlar bilan savdo munosabatlariga ham doir böladi. Bu haqda Reuters agentligi Tramp ma'muriyatidagi manbalariga asoslanib xabar qilmoqda. 

Farmon xorijiy işçilar tomonidan mehnat vizalarini oliş qoidalariga qat'iy tus berişi kerak. Bu çoralar «amerikaliklarning maoşini oşiriş va ularning bandlik darajasini kötariş» maqsadida amalga oşirilmoqda. Hujjat Mehnat va xavfsizlik vazirligini migratsiya siyosatini bajariş hamda qonunçilikdagi nuqsonlarni bartaraf etişga imkon beradi. 

Qayd etilişiça, özgarişlar birinçi galda H-1B viza dasturida közga taşlanadi. Xorijdagi yuqori malakali işçilar va olimlar aynan uşbu viza orqali Amerikada işlaş huquqiga ega bölişar edi. Oq uy ma'muriyati, şuningdek, vizalarni taqdim etişda lotereya tizimidan voz keçiş niyatida. 

Reuters agentligining qöşimça qilişiça, birgina Facebook kompaniyasi xodimlarining 15 foizi şunday viza sohiblari hisoblanişadi. Tramp ma'muriyatining işonç bildirişiça, kompaniyalar H-1B vizasidan malakasi pastroq işçilarni yollaş hamda ularga kamroq iş haqi tölaşda foydalanmoqda. 

Bundan taşqari, boşqa davlatlar AQŞda yirik davlat şartnomalariga ega bölganlari holda AQŞ öşa mamlakatlarda şartnomalarga kamroq egalik qilsa ham kompaniyalar hamkorlikdan voz keçişlari mumkin