Apple öz avtomobili yaratiş imkoniyatini körib çiqmoqda. Biroq kompaniyaga texnologik jarayonlarning murakkabligi sababli avtomobilsozlik kompaniyalari bilan hamkorlik qilişiga töğri keladi. Bu haqda Apple tahlilçilaridan biri aytmoqda.
Uşbu xabar Kaliforniya ştati rahbariyati kompaniyaga haydovçisiz avtomobillarni sinovdan ötkazişga ruxsat bergandan keyin yangradi.
Apple kompaniyasi Titan loyihasi doirasida öz avtomobilini yaratiş ustida işlayotgani haqidagi gaplar ançadan beri yangramoqda. Biroq yaqindagi hisobotlar kompaniya maşinani butunligiça çiqarişga harakat qilmasligidan darak bermoqda. Buning örniga u haydovçisiz avtomobillar uçun dasturiy ta'minot va texnologiyalarni yaratişga e'tibor qaratadi. Şunga öxşaş vaziyat iPhone bilan ham kuzatilmoqda: Apple’ning smartfonlarini işlab çiqariş bilan aslida Foxconn kompaniyasi şuğullanmoqda.
Apple uşbu turdagi avtomobillar bozorida kuçli raqobtçilarga duç kelişiga töğri keladi. Google va Tesla kompaniyalarida tayyor haydovçisiz maşinalar mavjud, bu orada Tim Kuk kompaniyasiga bunday maşina dizaynini yaratişning öziga bir neça yillar kerak böladi.
"Avtomobil dizaynini yaratiş töliq jarayoniga odatda 5-7 yil ketadi. Apple juda şoşsa ham, loyihani yakunlaş uçun unga bir neça yillar kerak böladi", deb hisoblamoqdalar mutaxassislar.












