Ösmir psixologiyasi şundayki, unga kuçli ta'sir körsatgan vosita misli toşga öyilgan bitikday ongida, fe'l-atvorida muhrlanib qoladi. Bugun xorijning jangari va zöravonlikni tarğib etuvçi filmlarini körib, özini öşa asar qahramonlariday tutişga uriniş ayrim hollarda oğir jinoyatlarning sodir etilişiga ham sabab bölmoqda.
Toşkent viloyati IIBning xabar berişiça, IIB Navbatçilik qismiga kelib tuşgan xabarga köra, 2017 yilning 10 aprel kuni soat 02:30 larda, yoşlari taxminan 20-25 larda bölgan tört nafar noma'lum şaxslar, boşlariga qora rangli sport şapkasi, yuzlariga qora rangli niqob va qöllarida xöjalik qölqopini kiygan holda, Böstonliq tumani, Iskandar qörğoni hududidagi xonadonlarning biriga bosqinçilik yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirgan. Ular uy bekasi uxlab yotganligidan foydalanib, uning hayoti va soğligi uçun xavfli bölgan zörlik işlatib, oş piçoği yordamida öldiriş bilan qörqitib, 2.000.000 (ikki million) söm pullari va bir dona narxi 400.000 (tört yuz ming) söm bölgan “Nokia-225” rusumli uyali aloqa telefonini olib, jinoyat sodir etgan joyidan yaşiringanlar.
Jabrdiyda darhol içki işlar idorasiga murojaat qilgan.
Olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni ikki nafar 1998 yilda tuğilgan muqaddam sudlangan şaxs hamda 1994 yilda va 1996 yilda tuğilgan şaxslar oldindan özaro jinoiy til biriktirib sodir etganliklari oşkor böldi.
Ayblanuvçilarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xalqimizda kasalni davolagandan köra, uni oldini olgan afzal degan naql bor. Şu ma'noda, yuz bergan har bir huquqbuzarlik va jinoyatni yuzaga keltirgan sabablarni örganiş, oqibatlarini bartaraf etiş jamiyat taraqqiyoti yölida xizmat qilayotgan har bir soha vakilining vazifasi bölmoği lozim.











