AQŞning elektron hisoblaş vositalari işlab çiqaruvçi IBM (International Business Machines) kompaniyasining 2017 yil 1-çorakdagi sof foydasi 13 foizga yoki 1,8 mlrd dollargaça kamaydi. Amaliy foyda esa 1 foizga kamayib, 2,3 mlrd dollarni taşkil etdi, deb xabar qilmoqda kompaniya. Bu pasayiş nomoddiy aktivlarning xarid qiliş hamda işçilarning kompaniyadan ketişlari tufayli amalga oşirilgan xarajatlar bilan izohlanmoqda.
Umumiy pul tuşumi 2,8 foizga, ya'ni 18,16 mlrd dollarga pasaygan. Tahlilçilar bu raqamni 18,39 mlrd dollar bölişini taxmin qilişgandi. Ta'kidlanişiça, sof pul tuşumi 20 çorakdan buyon muntazam pasayib borayapti. Bulutli xizmatdagi daromad 33 foiz, yoki 3,5 mlrd dollarni taşkil etgan. Umuman, sönggi 12 oyda bulutli xizmatdagi tuşum 14,6 mlrd dollarni taşkil etgan. IBM daromadlari tuşişining asosiy sababi serverlar va boşqa IT-uskunalari savdo hajmining pasayganidir.












