«Barselona» boş murabbiyi Luis Enrike Çempionlar ligasi çorak finali doirasida «Yuventus»ga qarşi keçadigan öyindan oldin öz fikrlarini aytib ötdi.

Öyin haqida
«Ertaga bizda xuddi «PSJ»ga qarşi öyindagi kabi holat. Öylaymanki, «Yuventus»da ham gol uçun imkoniyatlar böladi. Demak, bizning vazifamiz 5ta gol uriş. Agar tezkor gol ursak, «Kamp Nou»dagi muhit bizga ikkinçi golni keltiradi, keyin uçinçisi va boşqalari.

Ayni vaqtda bizda yöqotadigan boşqa narsa yöq. Yöl faqat bitta - hujum, hujum va yana hujum. Tanaffusda dam olamiz va keyin yana hujumga ötamiz. Biz oxirigaça kuraşamiz.

Muxlislarimizga aytişni istardimki, ular 80-daqiqada ketib qolişmasin. Bu holda aniqki, köp narsani ötkazib yuborişadi. Bu yana bir tarixiy keçaga aylanişi mumkin».

Undan şuningdek, bugun «Real»ga qarşi öynaydigan «Bavariya»ning imkoniyatlari qay darajada ekani haqida söraşgan.

«Bugun ularning uçraşuvi bormi? Mening işim şu qadar köpki, barça e'tiborimni ertangi öyinga qaratganman va boşqa narsa haqida öylaşga vaqtim yöq».

U Allegrining jamoasi yarim finalga çiqiş uçun 2ta gol urişi kerakligi haqida aytgan gapiga munosabat bildirgan.

«Agar u şunday degan bölsa, demak, men notöğri hisoblabman. Agar ular ikkita gol urmoqçi bölişsa, biz 6ta gol urişimiz kerak».

Eslatib ötamiz, jamoalarning Turinda keçgan birinçi bahsi «Yuventus»ning 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangandi.

«Barselona» – «Yuventus» bahsi 19 aprel kuni «Kamp Nou» stadionida Toşkent vaqti bilan soat 23:45da boşlanadi.