Moskva Basman sudi kelib çiqişiga köra qirğizistonlik özbek bölgan 27 yoşli Abror Azimovni Sankt-Peterburg metrosidagi portlaş taşkilotçisiligidagi asosiy gumondor sifatida 3 iyunga qadar hibsga oliş böyiça qaror qildi.
Azimov «terakt» va «noqonuniy ravişda portlovçi qurilmalar taşiş» moddalari böyiça ayblanmoqda.
U 3 aprel kuni Sankt-Peterburgda röy bergan portlaşni sodir etişdagi asosiy gumondor Akbarjon Jalilovni teraktni sodir etişga tayyorlaşda gumon qilinmoqda.
Aynan Azimov teraktdan oldin Jalilov bilan oxirgi marta qönğiroqlaşgan şaxs edi.
Gumonlanuvçi bir neça kundan buyon qidiruvda edi. U portlaşdan söng yaşaş joyini özgartirgan va barça telefonlarini taşlab yuborgan. 17 aprel kuni u yangi telefon va sim-kartalar sotib olgan. Sim-kartalardan birini yoqişi bilan u özining qayerdaligini bildirib qöygan.
Azimovni Moskva viloyatining Odintsovo tumanidagi temir yöl yoqasida FXX xodimlari qölga olişdi. Uning yonidan Makarov rusumli töpponça topilgan.
Video: Peterburg terakti taşkilotçisi sifatida gumonlanuvçining qölga olinişi
Tergov jarayonida aniqlanişiça, Azimov Abror Ahraloviç 1990 yilda Qirğizistonning Jalolobod viloyatida tuğilgan, 2013 yilning 25 mayida Qirğiziston fuqaroligidan çiqarilgan.












