«Çelsi» himoyaçi Jon Terrining karerasidagi eng yorqin onlar
Londonning «Çelsi» klubining köp yillik sardori Jon Terri 2016/17-yilgi mavsum tugagaç, yozda klub ixtiyorini tark etadi. «Pensioner»lar matbuot xizmati ana şunday bayonot bilan çiqiş qildi.
Terri klub uçun hayotining 19 yilini bağişladi va «Çelsi» libosida köplab esda qolarli uyinlarda maydonga tuşdi.

«Çelsi»dagi debyut
1998 yilning 28 oktabrida «Çelsi» futbol ligasi kubogi doirasida «Aston Villa» bilan uçraşgan edi va 17 yoşli Jon Terri zaxiradan maydonga tuşgandi. Öşanda heç kim uning neçoğlik olamşumul karera kutayotganini tasavvur ham qila olmasdi: 19 yil mobaynida u klub safida barça turnirlarda 713 öyinda maydonga tuşdi — bu mutlaq rekord hisoblanadi. Uning hisobida «köklar» libosida 66 ta gol, 16 ta sovrin, jumladan, tört marta Angliya çempionligi va Yeropa çempionlar ligasi ğolibligi bor.
Öta oğir «jinoyatlar»
Taassufki, londonliklar sardori bir neça bor yoqimsiz hodisalarning qahramoniga aylangan. Har qanaqasidan bölgan: mast bölib janjal qiliş, tungi klublar soqçilari bilan muştlaşuv, klubning yoş fanat qizlari bilan don olişiş, degandek. Hattoki u dastlabki tergov qamoqxonasida ham ötirişga ulgurgan. 2001 yil 11 sentabr teraktlaridan keyin u va jamoadoşlari aeroportda mast holatda amerikalik sayyohlarni haqorat qilişgan. Söngra jarima tölab, omma oldida keçirim söraşgan.
U bilan boğliq eng maşhur mojaro — «Çelsi»dagi uning eng yaqin dösti va hamkori Ueyn Brijning maş'uqasi, model Vanessa Perronsel bilan don olişgani bölsa kerak. Hamma narsa oşkor bölgaç, Brij va Terri yuzkörmas bölib ketişgan. Özini haqoratlangan his qilgan Brij xiyonatkor bilan bilan heç qaçon yonma-yon öynamayman, deya «Çelsi»dan ham, Angliya terma jamoasidan ham ketgan. Terri öz döstining futboldagi karerasiga nuqta qöygan — keyin bu futbolçi heç qaçon yuqori darajada öyin körsata olmadi.
2011 yilning 23 oktabrida, «Kuinz Park Reyndjers» ga qarşi öyinda Terri göyoki raqibning himoyaçisi Anton Ferdinandni irqçilik qilib, haqoratlagan. Voqea katta rezonansga sabab böldi va muxlislar muhitining ikkiga bölinişiga sabab böldi. Angliya futbol assotsiatsiyasi suriştiruv ötkazib, terma jamoaning öşa paytdagi boş murabbiyi Fabio Kapellodan Terrini sardorlik boğiçidan mahrum qilişni talab qilgan. Italiyalik mutaxassis buni rad etib, iste'fo bergan.














