Yevropa çempionlar ligasining 1/4 finalidan örin olgan yana bir uçraşuv yakunlandi. «Kamp Nou»da keçgan uçraşuvda «Barselona» yana bir bor mö'jiza körsatişga harakat qilib kördi.
Uçraşuvning dastlabki daqiqalaridan boşlab oldinga intilgan «Barselona» butun uçraşuv davomida «Yuventus» darvozasi oldida vaziyatlar yaratişga harakat qildi. Biroq 90 daqiqa davomida Buffon qöriqlayotgan darvoza tomon yöl topa olmadi.
Natijada «Yuventus» birinçi öyinda qölga kiritgan 3:0 hisobidagi ğalaba evaziga yarim final yöllanmasini qölga kiritdi.





Yevropa çempionlar ligasi, 1/4 final
Javob uçraşuvi
Barselona (Ispaniya) – Yuventus (Italiya) 0:0
Barselona: ter Ştegen, Umtiti, Pike, Alba, Serdji Roberto (Maskerano, 78), Rakitiç (Pako Alkaser, 58), Buskets, Inesta, Neymar, Messi, Suares.
Yuventus: Buffon, Bonuççi, Aleks Sandro, Dani Alves, Kellini, Xedira, Pyaniç, Kuadrado (Lemina, 84), Mandjukiç, Dibala (Bardzali, 75), Iguain (Asamoa, 88).
Ogohlantirişlar: Inesta (41), Neymar (44), Kellini (57), Xedira (64).
Dastlabki uçraşuv: 0:3











