Sirdaryo viloyati Hovos tumani IIB xodimi mayor Nodirbek Umarovning iş yurituvida fuqarolar G.M. va Ş.N. larning özaro jinsiy aloqada bölganligi tuğrisidagi material mavjud edi. Işni yaxşilab örganib çiqqan mayor bu işdan öziga manfaat keltira olişni öylab qoldi, deb yozadi “Postda” gazetasi.

Mayor öz kabinetiga Ş.N.ni çakirdi va uni “endi bu qilmişing uçun qamalişing mumkin, xohlasang  men senga yordam berib yuboraman”, deb qörqitgan.

“Yordam bersangiz men ham qarab turmayman”, - dedi rangi quv öçib Ş.N. Bir neça kundan keyin u Ş.N.ga qönğiroq qilib oldiga çaqirdi va “Xöş, öylab kördingmi, G.M.ga uylanasanmi”, - deb söradi.

Ş.N. esa oilasi va 2 ta farzandi borligini hamda unga uylana olmasligini aytdi va mayordan yordam söradi. Mayor unga barmoği bilan 500 dollar ber, deb işora kildi. 

IIBdan çiqqan Ş.N. bu suhbat hakida tegişli idoraga murojaat qildi. Mayor N.Umarov 300 dollar porani olayotganida qölga olindi. 

Sirdaryo viloyati Yangiyer tuman Jinoyat işlari böyiça sudi nafsining quli bölgan mayorga 3 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosini tayinladi.