Janubiy Koreya 2,5 mingta Audi va Volkswagen maşinalarini ortga – Germaniyaga jönatmoqda. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar bermoqda. Qaytariladigan maşinalar "dizel mojarosi" sababli mamlakatda sotilişi taqiqlangan maşinalardir.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, avtomobillar 2016 yildan beri Pxyontxek portida turibdi. Hozirda u yerda nemis brendlariga qaraşli 10 mingtadan köproq avtomobil bor. Ayni vaqtda 1,3 mingta Audi va Volkswagen maşinalari Germaniyaga qaytarilgan, qolgan 1,2 mingta maşina aprel oxirida qaytariladi.
Janubiy Koreyada ötgan yil oxirida Volkswagen avtomobillari sotilişi töxtatilgan. Janubiy Koreya hukumati 80 model va ularning modifikatsiyalari sertifikatlarini bekor qilgan va nemis kompaniyasidan 1,7 mlrd von (1,606 mln dollar) miqdorida jarima tölaşni talab qilgan. Umumiy holda 200 mingdan köproq maşina sertifikatlaştirişdan mahrum bölgan.
Umumiy hisobda "dizel mojarosi" butun dunyo böylab 11 mln ta maşinaga ta'sir qilgan. Nemis kompaniyasining AQŞda mojaro oqibatlarini bartaraf etiş sarf- xarajatlari 15 mlrd dollarni taşkil qilmoqda.












