Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Özbekistonga ikki tomonlama muzokaralarda iştirok etiş uçun kelgan Ummon taşqi işlar vazirligi boş kotibi Badr bin Hamad al-Busaidiy boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Suhbat avvalida tomonlar Özbekiston va Ummon örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganligining 25 yilligi munosabati bilan bir-birlarini tabrikladi.

Uçraşuvda barça sohalardagi hamkorlikni kengaytirişdan tomonlar manfaatdorligi hamda buning uçun zarur salohiyat mavjudligi qayd etildi. Uşbu masalalar Ummonning Toşkentdagi elçixonasi va tez orada Maskatda oçiluvçi Özbekiston elçixonasi faoliyatining asosi bölişi lozimligi ta'kidlandi.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik institutining Ummon moliyaviy va konsultativ kömagi asosida qurilib, jihozlanayotgan yangi binosi madaniy-gumanitar sohadagi ikki tomonlama samarali aloqalarning yorqin timsoli ekanligini e'tirof etildi.

Suhbat davomida xalqaro siyosatning dolzarb jihatlari ham muhokama qilindi.

Şu kuni Toşkentda bölib ötgan Özbekiston—Ummon vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlarining beşinçi raundi doirasida ikki tomon kun tartibining asosiy masalalari batafsil muhokama qilindi.

Maslahatlaşuvlarda Özbekiston—Turkmaniston—Eron—Ummon transport koridori mexanizmlarining işga tuşirilişi nuqtayi nazaridan transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikka alohida e'tibor qaratildi.

Tadbirlarda Ummonning Özbekistondagi elçisi Muhammad bin Said bin Muhammad al-Lavatiy iştirok etdi.