«Yuventus» himoyaçisi Daniel Alves sobiq jamoasi «Barselona» Çempionlar Ligasidan çiqarib yuborilganidan keyingi fikrlarini bildirib ötdi.
«Juda qiyin böldi, men jamoadoşlarim uçun xursandman. Bu keça menga aççiq va alamli quvonç keltirdi. Çunki köp yillar davomida öynaganim stadionga qaytdim, xotiralar meni çulğab oldi. Bundan taşqari, döstlarimning xafaligini körib qayğuga botdim.
Bu oğir, lekin bu futbolning bir qismi. Öyindan söng, şu gaplar bilan Neymarni yupatdim. Avval «Barselona»ga duç kelişni istamayman deb köp aytar edim, biroq bunday holatlarda hissiyotlarni maydon taşqarisida qoldirgan ma'qul.
Har kim öz jamoasi şarafini himoya qilmoği kerak. Bu mağlubiyatni ortda qoldirib, olğa davom etiş kerak», deya Alvesning sözlarini keltirgan Football Italia.












