Yevropa Ligasining çorak finalidan örin olgan yana bir uçraşuv Germaniyada bölib ötdi va unda «Şalke» «Ayaks»ni qabul qildi.

Uçraşuvning birinçi bölimda hisob oçilmagan bölsa, ikkinçi bölimning 3 daqiqasida «Şalke» ikki gol kiritib, umumiy hisobni tenglaştirdi. 80-daqiqada Veltmanning qizil kartoçka olişidan söng «Ayaks» 10 kişi bölib qoldi. Ammo «Şalke» asosiy vaqtda gol kiritişning uddasidan çiqa olmadi.

Overtaymning birinçisida Kalijuri «Şalke»ni öyinda oldinga olib çiqqandi, biroq «Ayaks» farqni yöqotiş uçun özida kuç topa oldi. Avvaliga Virgever kerakli golni kiritgan bölsa, sönggi daqiqada Yunes hisobni minimal körinişgaça qisqartira oldi. Natijada «Ayaks» uzoq tanaffusdan söng yevrokuboklar yarim finalida iştirok etadigan böldi.

Yevropa ligasi, 1/4 final
Javob uçraşuvi

Şalke-04 (Germaniya) – Ayaks (Niderlandiya) 3:2 (0:0, 2:0, 1:0, 0:2)
Gollar: Gorettska (53), Burgştaller (56), Kalidjuri (101) – Virgever (111), Yunes (120).
Şalke-04: Fermann, Xevedes, Kolaşinats, Riter (Avdiyay, 112), Nastasiç, Gorettska (Gays, 84), Kalidjuri, Mayyer, Bentaleb, Burgştaller, Stambuli (Xuntelar, 54).
Ayaks: Onana, Sançes, Virgever, Veltman, de Ligt, Şene (van de Bek, 74), Ziyeş, Klyuyvert (Dolberg, 61), Klassen, Yunes, Traore (Tete, 82).
Ogohlantirişlar: Burgştaller (60), Kolaşinats (68), Veltman (71), Nastasiç (86), Virgever (90), Ziyeş (90).
Çetlatiş: Veltman (80, Ayaks).