Birinçi bölim statistikasiga öyinda gollar köp bölişi mos emasdi. Ikki jamoa uçun jami 6ta zarba, 3tasi aniq (2ta «Çelsi»da, 1ta «Ayaks»da).

Lekin «Ayaks» 3:1 hisobida oldinda edi! Ikkita avtogol bu öyin noodatiy öyinlardan bölişini körsatayotgandi.

«Ayaks»ning 1-goli: Kvinsi Promes çap qanotdan jarima zarbasini ijro etdi; Abraham töpni uzoqlaştiriş maqsadida sakradi, ammo töp rikoşet orqali Kepa qöriqlayotgan darvozaga borib tuşdi. Darvoqe, bu «Çelsi»ning joriy mavsumdagi eng yaxşi töpurarining ikkinçi avtogolidir;
«Çelsi»ning 1-goli: Pulişiç raqib jarima maydoniga yorib kirganida qöpollik bilan töxtatildi, hakam nuqtani körsatdi. Ştatdagi penaltiçi Jorjino öz uslubida darvoza burçagi tomon aniq zarba yöllab, hisobni tenglaştirdi.
«Ayaks»ning 2-goli: Ziyoş va Neres öng qanotdan kombinatsiya uyuştirdi, keyin marokaşlik birdan töpni uzoq burçak tomon taşladi – Promes sakrab töpni boş bilan darvoza töriga joyladi;
«Ayaks»ning 3-goli: Ziyoş öng qanotdan jarima zarbasini ijro etdi – yana uzoq burçak tomon yönaltirilgan töp tösindan qaytib Kepaning boşiga tegdi va yana darvoza içiga kirib ketdi. 

«Çelsi» birinçi marta YeÇL öyinida birinçi bölimdayoq öz darvozasidan 3 gol ötkazdi. 

Ikkinçi bölimda köp aqlsizliklar bölib ötdi.

55-daqiqa: van de Bek jarima maydoni hududida töpni töxtatdi (bu safar ham Ziyoş pas muallifi) va Kepani ojiz qoldirdi. 1:4. Barçasiga nuqta qöyilgandek edi.

63-daqiqa: «Çelsi» kambekni boşladi. «Start» tugmasini jamoa sardori Aspilikueta bosdi, Abrahamning zarbasi biroz xato ketayotgandek köringanida ispaniyalik futbolçi töpga ulgurdi va bir metr masofadan böş qolgan darvozani işğol qildi. Bu vaqtdagi minimal ofsaydni heç kim sezmadi, amsterdamliklar hisob 4:1 bölib turgan vaziyatda ortiqça bahslaşib ötirişmadi. Endi hisob 2:4 edi.