Bir neça haftadan keyin Fransiyada yangi prezident saylanadi. Fransiya ijroçi hokimiyati katta vakolatlarga ega ekanligi hisobga olinsa, prezident hattoki Milliy kengaşni (parlament) tarqatib yuborişi mumkin, 5 yilda bir marta ötkaziladigan prezidentlik saylovlari Fransiya uçun juda muhim hisoblangan, hozirgi şaroitda esa yanada muhimroqdir.
Saylovoldi poygasi yetakçilari – Milliy front rahbari Marin Le Pen va sobiq iqtisodiyot vaziri, mustaqil nomzod Emmanuel Makron. Agar kutilayotgandek, Le Pen va Makron 7 mayda saylovlarning 2-turida uçraşsalar, Fransiya siyosiy tarixida yangi sahifa oçiladi – 2-turga asosiy öng va söl partiyalarning birorta vakili çiqmaydi.

Fransiya 1958 yildan beri bunday siyosiy vaziyatni eslay olmaydi. Öşanda Jazoir uruşi eng avjiga çiqqanda hokimiyat tepasiga general Şarl de Goll kelgan. U Fransiyaning konstitutsiyasiga asos solgan. Har qanday yirik siyosiy voqea kabi öşa davr muayyan vaziyatlar va çuqur tarixiy jarayonlari qorişmasi bilan şartlangan edi.

Bugungi kunda xuddi şu narsa kuzatilmoqda: köplab rivojlangan davlatlarda xalq elitalarga işonmay qöygan, globallaşuv va immigratsiya oldida qörquv va kuçsiz ekanini sezadi hamda ösib borayotgan tengsizlikdan xavotirlanadi.
Milliy front 10 yildan beri ommalaşib bormoqda, biroq partiya hanuzgaça fransuz saylov tizimining öziga xosligi sababli hokimiyat tepasiga kela olmagan: avvalgi saylovlarning 2-turida saylovçilar Le Penga qarşi birlaşganlar.
Agar Le Pen saylovlarda yetakçilikni qölga olsa, unda Fransiya siyosatida va umuman butun Yevropa Ittifoqida buriliş yuz beradi. Biroq körinişidan örtamiyona Makron yetakçilikni qölga olsa, unda bu yanada radikalroq özgarişlarga sabab böladi. Ikkala nomzod ham katta ehtimollik bilan saylovlarning 2-turiga çiqadilar va Fransiya kim yutişidan qat'i nazar, baribir siyosiy inqilob ostonasida turibdi.












