Yaxşi kitobni çiroyli kutubxonada öqiş — bu, albatta, ideal uyğunlik. 2017 yilda AIA / ALA Library Building Awards tanlovida odamni lol qoldiruvçi 8 kutubxona ğolib böldi.
Amerika arxitektura instituti (AIA) va Amerika kutubxona assotsiatsiyasi (ALA) bilan birgalikda kutubxonalarning eng yaxşi arxitektura loyihalarini tanlab oldi. Bino dunyoning istalgan burçagida bölişi mumkin, biroq arxitektor Amerikaning litsenziyasiga ega bölişi kerak.
Boston jamoat kutubxonasi, Markaziy kutubxonaning ta'mirlaş loyihasi


Boston jamoat kutubxonasining markaziy filialini ikki yilda qaytadan taşkil etişdi. Bino 1895 yilda qurilgan toşli bunkerdan iborat yangi qanotga ega böldi. Endilikda nurli xona yangi maydonga eşik oçadi.
Kolambus Metropolitan kutubxonasi, Uaytxoll filiali


Kutubxona Ohayoda, markaziy Kolambus tumanining çekkasida joylaşgan. Bu nafaqat bilimlar ibodatxonasi, balki ijtimoiy hayot markazi hamdir. Bino içida katta yoruğ maydon bölib, javon töla kitoblar joylaşgan. Şuningdek, bolalar va ösmirlar hududi, oçiq kompyuterlar va sokin xonalar mavjud.
Boston jamoat kutubxonasi, şarqiy filial


Şarqiy Bostonning yangi kutubxonasida kattalar, ösmirlar va bolalar uçun hududlarga bölingan bitta maydon ajratilgan. Ustunlarsiz qurilgan tölqinsimon tom qismi öqiş zalida quyoş nuri oqimini çeklab turadi.





















