Mutlaq kuraş çempionati (UFC) rahbari Dena Uayt aralaş kuraş jangçisi Konor Makgregor va boksçi Floyd Meyuezer boks qonunlariga köra ötadigan özaro jang uçun oladigan gonorarlari haqida ma'lumot berdi. 

"Hammasi jang translyatsiyasining sotilişiga boğliq. Agar u men öylagançalik sotilsa, unda Floyd 100 mln dollardan sal köproq, Konor esa 75 mln dollarga yaqin gonorar oladi", deb aytdi Uayt hamda jang uçun şartnoma hali imzolanmaganini ta'kidlab ötdi. 

14 mart kuni Meyuezer-Makgregor jangi uçun Las-Vegasdagi arena band qilib qöyilgani ma'lum qilingandi.

Fevral örtalarida Floyd va Konor jang ötkaziş uçun şartnoma böyiça kelişib olganlari haqida axborot paydo bölgandi.

40 yoşli Meyuezer professional boksda ötkazgan 49 ta jangining barçasida qöli baland kelgan. 28 yoşli Makgregor 2016 yil noyabrda amerikalik Eddi Alvaresni yutib, UFC tarixida ikki vazn toifasida – yarim örta va örta vaznda çempion bölgan birinçi kuraşçiga aylangandi. Irlandning hisobida MMA qoidalari böyiça ötkazilgan 24 jangdan 21 ta ğalaba va 3 ta mağlubiyat bor.