Qop-qoronği va sovuq uyda şamga termulgança, mehnatdan temirlaşib ketgan kaftlariga nonni avaylab olib yegan, qorni töygaç, peçka ustida ilib qolgan oftobani kötargança, hovliga çiqib junjikkança hufton namoziga tahorat olgan, ertaga havo oçiq bölar, tom ustidagi qorlar erir degan umidda tarnovlar tagiga çelaklarni qöyib, qolib ketgan kirlarini çayqaş va qor suvidan rözğorga işlatiş uçun nimaiki idiş bölsa tarnovlar tagiga qöyib çiqqan bir muştiparni kördim...
Yelkasiga rözğor qopini ortgan, oyoqlarining böğinlari sirqirasada, tunlari kuraklarining örtasi açişib oğrisada, kundan kun salomatligi ketayotganini his etsada, şifokorga körinişdan, dorixonadan dori olişdan pulini ayab, undan köra rözğorimning kamu köstini töldiray deb, şu pullarni ayagan, ammo plastik kartaga tuşgan maoşini deyarli yarimini kimlargadur berib, naqd pul qilgan, qurtdek bölişiga qaramay, öşa pullarga rözğoriga mayda-çuyda olayotgan mardlarni kördim...
Ertalab turib, bir tandir non yopib, qorayib ketgan sumkaga solgança bozorga yöl olgan, bir burda yerida kökat yetiştirib, ular yetilgaç, yiğib olib u ham bozorga yöl olgan, u yerga borgaç esa bozor çekçilari tomonidan “çek töla” deb, nonlari-yu kökatlari yerga uloqtirilgan, beş-olti ming savdosini çekçilar olib qöymasin degan xavotirda uloqtirilgan non-u kökatlarini rozi bölib terayotgan ahli sabrni kördim...
Ezilib ketganidan tunlari yiğlab çiqadigan, ammo huquqini himoya qilişda köz-közga tuşar deya andişa qiladigan, har kun bir xil umr, bir xil mazmun keçirayotgan, bolasining oğzidagi nonni olib qöyganni ham bolam deydigan, şunday bölsada yuzidan kulgisini, qalbidan umidini yöqotmagan özbekni kördim...
Sarvar Anvar öğli











