Xotira va qadrlaş kuni – yurtimizdagi eng muhim, ayançli va qayğuli bayramlardan biri hisoblanadi. Bu kun har birimiz uçun tinç va osoyişta kunlar uçun jonini fido qilgan ğoliblar jasorati va xotirasini yod etiş kunidir!

“Vatan”, “Jasorat” va “Qahramon” kabi tuşunçalarga befarq bölmagan barça xohlovçilarni Ikkinçi jahon uruşida iştirok etgan bobo va buvilari, qarindoşlarining jasoratlarini yod etgan holda, “9 may - Xotira va kadrlaş kuni” bayramiga bağişlangan “Mening bobom va buvim – qahramon” mavzusidagi tanlovda iştirok etişga taklif qilamiz.

Bizning tanlov – Vatani va barçamiz uçun kahramona jonlarini fido qilgan vatandoşlar xotirasini abadiylaştirişga bağişlangan.

Ikkinçi jahon uruşi iştirokçilari – qarindoşlari töğrisidagi eng yaxşi inşolar tanlovi UZINFOCOM Markazi huzuridagi ZiyoNET ta'lim tarmoği Resurs markazi tomonidan “Kamolot” YoIH kömagida taşkillaştirilmoqda.

Tanlovda iştirok etiş şartlari:

Tanlovda 12 yoşdan 30 yoşgaça bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari iştirok etişlari mumkin.

Erkin şaklda tuzilgan inşolarni Davra.uz ijtimoiy tarmoğining maxsus yaratilgan guruhida naşr qiliş kerak. Inşoda uruş iştirokçisi ismi, yaşaş joyi, mukofotlari, yutuqlari va boşqa ma'lumotlari körsatilgan bölişi lozim. Ayniqsa, inşoga biriktirilgan fotosurat va hujjatlar nusxalari inşolarni ijobiy tarzda baholanişida ta'sir qiladi. Inşolar özbek va rus tillarida qabul qilinadi.

Tanlov uçun yuborilgan inşolar 2017 yilning 19 aprelidan 19 maygaça qabul qilinadi. Tanlov natijalari 2017 yilning 1 iyun kuni e'lon qilinadi.

Eng yaxşi uçta inşolar mualliflari 12 yoşdan 18 yoşgaça hamda 19 yoşdan
30 yoşgaça bölgan nominatsiyalari böyiça Tanlov ğoliblari UZINFOCOM Markazi mutaxassislaridan taşkil topgan Tanlov Hay'at a'zolari tomonidan aniqlanadi.

Inşolarning baholanişida ularning mazmuni, har bir naşrdagi “layk”lar soni hamda fotosuratlar va hujjatlar nusxasi bilan boyitilgani inobatga olinadi.