2017 yil 21 aprel kuni Toşkent şahrida “Harakatlar sarhisobi: 2017 yil 1 çorak yakunlari” anjumani bölib ötmoqda.

Unda Oliy Majlis Senati raisi örinbosari Svetlana Ortiqova, Qonunçilik palatasi Spiker örinbosari Sarvar Otamurodov, “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi Ijroçi direktori Akmal Burxanov, qator vazirlik va idoralar rahbarlari va ularning örinbosarlari iştirok etmoqda.

Xususan, anjumanda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xitoyga may oyi örtalariga rejalaştirilgan taşrifi haqida ham töxtalib ötildi.

Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Javlon Vaxabovning aytişiça, bu davlat taşrifi bölib, kun tartibidagi asosiy masala – bu savdo, investitsiya sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi kundagi ahvoli, xavfsizlik sohasidagi masalalar, şuningdek madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikdir.

Uşbu taşrifdan közlangan maqsad – Xitoy bilan strategik şeriklikni yanada kuçaytiriş va uşbu davlat bilan katta hajmdagi hujjatlar töplamini imzolaş. Ular orasida ikki davlat xöjalik sub'yektlari va korxonalari örtasida tijoriy şartnomalar bor. 

Tadbir dasturidan XXR raisi Si Tszinpin, Xitoy Davlat kengaşi a'zolari, şuningdek Xitoyning yirik moliyaviy-iqtisodiy taşkilotlari rahbarlari bilan muzokaralar ötkaziş ham örin olgan. 
 
Bundan taşqari, Özbekiston delegatsiyasi Xitoyda “Bir mintaqa, bir yöl” forumida ham iştirok etişni maqsad qilgan. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti qatnaşadi.