Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostona hokimi Aset Isekeşevdan şaharning çekka qismlarida tartib örnatişni talab qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozoğiston.
Qozoğiston prezidenti rejalaştirilayotgan EKSPO körgazmasiga atab juma kuni taşkil etilgan yiğilişda poytaxt şahardagi zamonaviy binolar yonida çiqindixona va xarobalar tasvirlangan fotosuratlarga izoh bera turib, şunday dedi: "Turistlar aynan öşa yerlarga boradi, suratga olişadi va salbiy fikrlarni bildirişadi!".
Davlat rahbari noqonuniy ravişda qurilgan inşootlar, eskirgan uy-joylar bölgan hududlarni buziş böyiça işlarni faollaştirişni talab qildi.
"Kerak bölsa, tartib örnatiş uçun mablağlar ajratiş kerak, hozir EKSPO tufayli bunga imkoniyat bor – tozalaş kerak. Şahar markaziy tumanlarini eskirgan uy-joylardan ozod qiliş lozim. Agarda buning uçun parlamentda maxsus qonun qabul qiliş kerak bölsa, keling uni kiritamiz. Sababi poytaxt – bu mamlakatning yuzi", - deya qöşimça qilib ötgan u.
Şuningdek davlat rahbari fuqarolarni röyxatga olişni tartibga solişni ham talab qildi.
"Janubi-Şarqdagi bir xususiy uyda 1 700 dan ortiq kişi propiska qilingan, Ostonada esa 200 dan köproq şunday rezinali xonadonlar aniqlandi, bu uyda propiska qilinganlar – öşa yerda yaşamasliklari aniq, ular faqatgina poytaxtdan uy-joy oliş ilinjida!", - dedi Nazarboyev.
"Mehmonlarni qabul qilar ekanmiz, bunga tayyorgarlik köriş kerak! Taşqi köriniş bilan kim şuğullanmoqda? Prezident saroyi oldidagi plitkalar tuşib ketmoqda – heç kim e'tibor ham bermaydi...Ba'zi quruvçilar quriliş çiqindilarini ham olib çiqib ketişmaydi", - degan davlat rahbari.
U Ostona hokimi Aset Isekeşevga murojaat qildi: "Seni, sobiq investitsiyalar va rivojlaniş böyiça vazirni, men şaharni namunali qilişing uçun şu lavozimga tayinladim, endi öz işingni bajar, hamma imkoniyat senda bor!".
Uning eslatişiça, sönggi bir neça yil davomida unga tirbandlikning oldini oluvçi “aqlli” svetoforlar haqida köp bora gapirişgan, biroq Nazarboyevning ta'kidlaşiça, tirbandliklar baribir soni kamaymagan.
"EKSPO-2017" xalqaro ixtisoslaştirilgan körgazmasi Ostona şahrida 2017 yilning 10 iyun-10 sentabr kunlari bölib ötadi. Tadbirda 100ga yaqin davlat vakillari iştirok etişi möljallangan.












