Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori çiqdi.

Qarorda belgilangan vazifalarning samarali yeçimini töliq ta'minlaş maqsadida oliy ta'lim darajasini sifat jihatidan oşiriş va tubdan takomillaştiriş, oliy ta'lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş va modernizatsiya qiliş, ularni zamonaviy öquv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlaş maqsadida Oliy ta'lim tizimini 2017-2021 yillarga möljallangan kompleks rivojlantiriş dasturi tasdiqlandi. 

Dasturga muvofiq, 2017-2021 yillarda 48 ta oliy ta'lim muassasasida jami 180 ta öquv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inşootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari obektlarida quriliş, rekonstruksiya va kapital ta'mirlaş işlari olib boriladi. Şuningdek, 53 ta oliy ta'lim muassasasida 400 ta öquv laboratoriyasi bosqiçma-bosqiç eng zamonaviy öquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta'lim muassasasida barça oliy ta'lim muassasalari özaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar taşkil etiladi. 

Oliy ta'lim tizimini 2017-2021 yillarga möljallangan kompleks rivojlantiriş dasturini amalga oşiriş uçun yönaltiriladigan moliyaviy mablağlar 1,7 trillion sömdan ziyod bölib, ulardan 1,2 trillion sömi öquv-laboratoriya binolari, sport zallari va talabalar turar-joylarini rekonstruksiya qiliş va kapital ta'mirlaşga, 500 milliard sömdan ortiq mablağ esa öquv-laboratoriya uskunalari, mebel va inventar bilan ta'minlaş, umumiy tartibda foydalanişga möljallangan, barça ta'lim muassasalariga xizmat körsatadigan laboratoriya komplekslarini taşkil etiş hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirişga sarflanadi.