Ota-onaga yaxşilik qiliş, ularga mehribonçilik körsatiş va buning odoblari haqida neça asrlarki yozib kelinadi. Bundan keyin ham yana köplab maqolalar, kitoblar va boşqa bitiklar qalamga olinadi, albatta. Buning sababi bu uluğ işligidadir.

Esimda, bir vaqtlar Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev bilan uçraşganda telefoni jiringlab qoladi. U prezidentning gapini bölib, “uzr, onam qönğiroq qilyapti”, deb özini çetga oladi va qönğiroqqa javob beradi. Mana şu voqea ança vaqt şov-şuv böldi. Jumladan, odamlarimiz orasida ham. Aslini olganda bu tabiiy bir hol, öğilning onaga körsatgan ehtiromi edi.

Saytimiz orqali xitoylik ijodkorlar tomonidan ona mavzusida suratga olingan videorolik taqdim etildi. Unda betob qiziga şirin ovqatlar tayyorlab beriş uçun olis va maşaqqatli yölni bosib ötgan ona hikoyasi keltiriladi. Bu material öquvçilar tomonidan iliq qabul qilindi. Aslini olganda, bu bir tabiiy hol, ona öz farzandi uçun ming maşaqqatga rozidir. Bu şuning alomati edi.

Bu mavzu haqida yozişimdan asl murod nima, bilasizmi? Ota-onaga yaxşilik qiliş masalasi biz uçun notabiiy, hayratlanarli va ajablanarli mavzu bölmasligi kerak. Çunki bu xulq, bu odob biz özbeklarning qon-qoniga singan abadiy e'tiqodimiz timsolidir.

Kuni-keça bir voqeaga guvoh böldim. Işdan qaytib, uyga qaytayotganimda mendan ön qadamlar uzoqlikda 13-14 yaşar qizça ketayotgan edi. Şunda uni onasi çaqirib qoldi. U “ha” deya javob qaytardi. Onasi uni yana çaqirdi. Şunda öşa qiz yonimdan ötayotganda şivirlab bir gapni aytdi-ki, uni eşitib a'zoi-badanim vijirlab ketdi: “Zz.... bunça qiçqiradi”. Qizçaning nima sababdan bunday degani menga qoronği, qizçaning nima sababdan bunday haqoratli söz işlatgani menga noma'lum. Ammo uning onasiga, ha aynan onasiga (men bunga aminman, çunki u “qizim” deb çaqirdi) nisbatan haqoratli sözni eşitganim rost.

Men diniy ulamo emasman, ammo kelajakdagi barakaning, xalqimiz tilim bilan aytganda kişining “kosasi qanday qilib oqarişi” mumkinligidan xabardorman. Millionerlar tomonidan maslahat tarzida, ya'ni qanday boyib ketiş, faroğatda yaşaş, hayotda öz örnini topiş haqidagi maqola va kitoblarni köp öqiganmiz. Ammo işonç bilan ayta olamanki, ota-onaga yaxşilik qilmay, bularning heç biriga erişib bölmaydi.

Öspirinlik davrimda bir qizni yaxşi körib qoldim. Ota-onam: “Sen xali yoşsan, aqlingni yiğ. U qiz sening sinfdoşing. Uylanişga erta...”, degan ögitlaridan özimça jazavaga tuşib, rahmatli bobomlarnikiga qoçib ketgandim. Öşanda bobomnikida ön kunça turdim, bunga ular qöyib berdilar. Ketar çoğimda yonlariga olib şunday dedilar: